Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Toshkentda Butunjahon paxta kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya boshlandi

Toshkentda Butunjahon paxta kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya boshlandi
Ayni paytda poytaxtimizda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda Butunjahon paxta kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Tadbirda xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan yuqori martabali mehmonlar, paxta yetishtiruvchi mamlakatlar vakillari, soha mutaxassislari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda. Konferensiya avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Anjumanda jahon paxtachiligining bugungi holati va istiqbollari, sohadagi zamonaviy yondashuvlar hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.