TOZA DALA” — TABIATNI ASRASH VA EKOLOGIK MADANIYATNI YUKSALTIRISHGA QARATILGAN TASHABBUS

Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent viloyati ilmiy-tajriba stansiyasi hamda AKIS bilan hamkorlikda atrof-muhitni plastik va boshqa maishiy chiqindilardan tozalash, qishloq xo‘jaligi yerlarida ekologik tozalikni ta’minlash hamda aholi va soha vakillarida ekologik mas’uliyatni oshirishga qaratilgan “Toza dala” chellenji targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida dala maydonlari va ularning atroflari plastik idishlar, polietilen paketlar hamda turli maishiy chiqindilardan tozalandi. Shuningdek, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, ularni saralash va atrof-muhitga zarar yetkazishining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
“Toza dala” chellenjining asosiy maqsadi — qishloq xo‘jaligi hududlarida ekologik tozalikni ta’minlash, yer va suv resurslarini chiqindilardan asrash, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish hamda toza va obod muhit yaratishga jamoatchilikni keng jalb etishdan iborat.
Bizni kuzating
Facebook|Instagram |YouTube|Telegram|web-sayt