Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

TozaDalaChallenge

TozaDalaChallenge
Toza dala — sog‘lom tuproq, toza muhit va barqaror kelajak garovidir! Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan “Ona Yerni plastik qoldiqlaridan tozalaymiz” shiori ostida amalga oshirilayotgan “Toza Dala Challenge” ekologik tashabbusida Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti hamda uning tizimidagi ilmiy-tajriba stansiyalari faol ishtirok etmoqda. Tashabbus doirasida institutning hududiy ilmiy-tajriba stansiyalarida atrof-muhitni asrash, qishloq xo‘jaligi hududlarini plastik chiqindilardan tozalash hamda chiqindilarning dala va yo‘l chetlariga tashlanishining oldini olish maqsadida maxsus chiqindi yig‘ish qutilari o‘rnatilmoqda. Mazkur amaliy ishlar hududlarda tozalik va ekologik madaniyatni yuksaltirish, plastik chiqindilarning tuproq va suv resurslariga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda qishloq xo‘jaligi yerlarining ekologik holatini yaxshilashga xizmat qiladi. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.