TozaDalaChallenge

Ilmiy muassasalarda ekologik chellenj davom etmoqda
Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov tashabbusi bilan boshlangan "Ona Yerni plastik qoldiqlaridan tozalaymiz" shiori ostidagi ekologik chellenj mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yozmoqda.
Tashabbus doirasida vazirlik tizimidagi tashkilotlar, ilmiy muassasalar hamda hududlardagi fermer xo‘jaliklarida ekin maydonlarini plastik chiqindilardan tozalash ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Ushbu ekologik chellenjda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. Tadbir davomida institut xodimlari dala tajriba uchastkasi va unga tutash hududlarni plastik chiqindilardan tozalab, atrof-muhitni asrash, tuproq unumdorligini saqlash hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube