Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

TozaDalaChallenge

TozaDalaChallenge
Xabar berib kelayotganimizdek, ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab fermerlar, dehqonlar va qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari yagona maqsad — toza tuproq, toza havo va sog‘lom kelajak yo‘lida birlashmoqda. Ular Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, ekin maydonlari, bog‘-rog‘lar va ularga tutash hududlarni plastik qoldiqlardan tozalamoqda. Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — toza havo, toza tuproq va ekologik toza qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga hissa qo‘shishdan iborat. Ekologik aksiya Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi barcha ilmiy muassasalar va ilmiy-tajriba stansiyalarida ham qizg‘in davom etmoqda. Jumladan, akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Toshkent ilmiy-tajriba stansiyasi xodimlari ham ekologik aksiyada faol ishtirok etmoqda. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.