Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Tuproq sog‘lomligi – oziq-ovqat xavfsizligining muhim omili

Tuproq sog‘lomligi – oziq-ovqat xavfsizligining muhim omili
Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i T. Atakulov boshchiligidagi ishchi guruh Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida institut direktori Sh. Bobomurodov va mutasaddilar hamrohligida ilmiy bo‘limlar, laboratoriyalar hamda mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Ilmiy xodimlar bilan muloqotda amalga oshirilayotgan tadqiqotlar, erishilgan natijalar va istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, bugungi kunda qishloq xo‘jaligida nafaqat hosildorlikni oshirish, balki tuproq sog‘lomligini saqlash, uning holatini ilmiy asosda baholash va unumdorligini tiklash muhim vazifalardan biridir. Shu maqsadda tuproq tarkibidagi sho‘rlanish, pestitsid qoldiqlari, og‘ir metallar va mikroelementlar miqdorini o‘rganish, tuproq sog‘lomligi xaritasini yaratish hamda ishonchli ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uchrashuv davomida tuproq monitoringi, agrokimyoviy tahlillar, smart o‘g‘itlash texnologiyalari, tuproq ma’lumotlarini raqamlashtirish va geoportal tizimlariga integratsiya qilish yo‘nalishlaridagi loyihalar taqdim etildi. Ishchi guruh institut laboratoriyalaridagi zamonaviy tahlil uskunalari bilan ham tanishib, tuproq namunalarini o‘rganish imkoniyatlari hamda ilmiy salohiyatdan samarali foydalanish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, institutda tashkil etilayotgan Tuproq muzeyi, zamonaviy kutubxona, tajriba maydonlari va xodimlar uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Uchrashuv yakunida tuproq resurslarini asrash, ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish va amaliy yechimlarni keng joriy etish mamlakat qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishida muhim omil ekani qayd etildi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.