Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Turkiyalik tadbirkorlar O'zbekistonga qishloq xo'jaligi texnikalarini modernizatsiya qilish bo'yicha investitsiya kiritish bo'yicha qiziqish bildirmoqda

Turkiyalik tadbirkorlar O'zbekistonga qishloq xo'jaligi texnikalarini modernizatsiya qilish bo'yicha investitsiya kiritish bo'yicha qiziqish bildirmoqda
Milliy amarkazda bo'lgan uchrashuvda turkiyalik tadbirkorlar O'zbekistonga Turkiya va Yevropa davlatlaridan qishloq xo'jaligi texnika va agregatlarini yetkazib berish, servis xizmatlarini ko'rsatish va malakali mutaxassislarni jalb qilish kabi takliflarni ilgari surdi. Shuningdek, turkiyalik mexanizatsiya sohasi olimlarini O'zbekistonga taklif qilib, ilmiy treninglar orqali mexanizatorlar malakasini oshirish borasida ham ish olib borish mumkinligini bildi. Milliy markaz tizimida yaqinda lavozimga tayinlangan Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti direktori Bahodir Eshchanov aynan soha xodimlarining malakasini oshirishga xizmat qiluvchi trening va o'quv seminarlarni tashkil etishda xorijlik olimlarni taklif qilish borasida hamkorlik qilish mumkinligini ma'lum qildi. Shuningdek, joriy yilda mamlakatimizda "Shinjon texnologiyasi" asosida g'o'za ekishga mo'ljallangan seyalkalariga talab borligi takidlandi. Kelgusida mamlakatimiz uchun manfaatli bo'lgan investitsion hamkorlikga tayyor ekanligimizni bildirildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.