Mazkur grant TWAS asoschilaridan biri, taniqli olim Monkombu Sambasivan Swaminathanning ilmiy merosini sharaflash maqsadida ta’sis etilgan bo‘lib, oziq-ovqat fani yo‘nalishida yuqori ilmiy natijalarga erishgan olimlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Grant doirasida g‘olibga:
25 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti;
esdalik sovg‘asi;
Hindistonda o‘tkaziladigan taqdirlash marosimida ishtirok etish imkoniyati taqdim etiladi.
Nomzodlar quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy hissasini namoyon etgan bo‘lishi kerak:
▪ oziq-ovqat tadqiqotlari va oziq-ovqat xavfsizligi;
▪ oziq-ovqat tizimlari (dehqonchilik, baliqchilik, chorvachilik, akvakultura va boshqa ishlab chiqarish tizimlari);
▪ iqlim o‘zgarishlariga chidamlilik yo‘nalishlari.
Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
50 yoshgacha bo‘lgan olim yoki mutaxassis bo‘lishi;
rivojlanayotgan mamlakat fuqarosi bo‘lishi;
so‘nggi 5 yil davomida rivojlanayotgan mamlakatda yashab, faoliyat yuritgan bo‘lishi;
oziq-ovqat fanlari sohasida muhim ilmiy yutuqlarga ega bo‘lishi lozim.
Ayniqsa, xotin-qiz olimlar hamda faoliyatining boshlang‘ich va o‘rta bosqichidagi mutaxassislarning arizalari qo‘llab-quvvatlanadi.
Ariza topshirishda quyidagi ma’lumot va hujjatlar taqdim etilishi lozim:
▪ Nomzodning eng muhim ilmiy nashrlari ro‘yxati (20 tadan ko‘p bo‘lmagan);
▪ barcha ilmiy nashrlarning to‘liq ro‘yxati;
▪ olingan mukofotlar, faxriy unvonlar va xalqaro e’tiroflar haqidagi ma’lumotlar;
▪ Google Scholar h-indeksi, iqtiboslar soni hamda ORCID profili havolasi;
▪ ilgari qiymati mazkur grantga teng yoki undan yuqori bo‘lgan boshqa nufuzli xalqaro grantlarni olmaganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma;
▪ tavsiya beruvchi shaxsning qo‘llab-quvvatlovchi xati (tavsiya etiladi);
▪ tavsiya beruvchi shaxsning to‘liq aloqa ma’lumotlari hamda shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishga roziligi.
Arizalarni topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 31-iyul.
Arizalar faqat onlayn shaklda qabul qilinadi:
https://onlineforms.twas.org/apply/301
Batafsil ma’lumot:
https://twas.org/twas-ms-swaminathan-achievement-grant-food-science
Oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror qishloq xo‘jaligi rivojiga hissa qo‘shayotgan olimlarni ushbu nufuzli grantda ishtirok etishga taklif qilamiz.

