Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Uchinchi muhim vazifa – suvni yetkazish xarajatlarini qisqartirish

Uchinchi muhim vazifa – suvni yetkazish xarajatlarini qisqartirish
Davlatimiz rahbari xarajatlarni kamaytirish va samaradorlikni oshirishning eng to‘g‘ri yo‘li – nasoslarni modernizatsiya qilish va ularni boshqarishni xususiy sheriklikka berish ekanini ta’kidladi. Bu borada bir nechta loyiha boshlangan. Bu ishlarni jadallashtirib, xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokida 95 ta nasos stansiyasini yangilash, kelgusi yil boshida yana 118 tasi bo‘yicha tender e’lon qilish vazifasi qo‘yildi. Shu bilan birga, xorijiy kompaniyalar 268 ta nasosni boshqaruvga olish tashabbusini bildirgan. Umuman, ushbu choralar orqali kelgusi yili nasoslarning elektr sarfini 300 million kilovatt soatga, keyingi uch yilda esa 1,5 milliard kilovatt soatga kamaytirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.