Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Prezidentimiz ularning qo‘shimcha takliflari va fikrlarini tingladi.

“O‘zining mashaqqatli mehnati bilan rizq-ro‘z yaratayotgan insonlar bilan suhbatlashish, ularning taklif va fikrlarini eshitish menga hamisha alohida huzur bag‘ishlaydi.
Bejiz “Yerni yaxshi ko‘rgan – Vatanni yaxshi ko‘radi”, deyishmaydi. Zero, umrini, mehnatini saxovatli zaminimiz bilan bog‘lagan siz kabi fidoyilar – haqiqiy vatanparvardir.
Fursatdan foydalanib, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi halol mehnatingiz, erishgan yuksak natijalaringiz uchun butun xalqimiz nomidan yana bir bor chuqur minnatdorchilik bildiraman”,
– dedi davlatimiz rahbari uchrashuv yakunida.
Facebook|Instagram|X