UNESCO Ecological Capital – madaniy merosning ekologik "himoyachisi"

Iqlim inqiroziga qarshi birgalikda samarali kurashish ham dolzarb masaladir.
O‘rtacha haroratning sezilarli darajada ko‘tarilishi, muzliklarning erishi, cho‘llanish, tuproq qatlamlari yemirilishi, urbanizatsiya jarayonlari madaniy meros obyektlarining holatiga jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda.
YUNESKOning bosh konferensiyasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan muhim tashabbuslardan biri – "YUNESKO ekologik poytaxti" (UNESCO Ecological Capital) dasturidir.
Ushbu tashabbus “yashil” dasturlarni samarali amalga oshirayotgan shaharlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Bundan tashqari, davlatimiz rahbari YUNESKO Ijroiya Kengashining “Globallashuv va iqlim o‘zgarishlari sharoitida madaniy merosni asrab-avaylash bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish to‘g‘risida”gi rezolyutsiyasini ishlab chiqish taklifini bildirildi.
Mazkur masala bo‘yicha Xiva shahrida iqlim o‘zgarishi sharoitida madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro simpozium o‘tkazish taklif etildi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram