Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigi bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi

Urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigi bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi
Bugun Milliy markaz tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Toshkent ilmiy-tajriba stansiyasi dalasida “Urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigi o‘tkazish” mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda qishloq xo‘jaligi sohasiga daxldor tashkilotlar, shuningdek, urug‘lik don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari, elita urug‘chilik xo‘jaliklari, don va urug‘likni qayta ishlash korxonalari rahbar va mutaxassislari faol ishtirok etdi. Seminarning asosiy maqsadi — urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya talablarini amaliyotda to‘g‘ri va samarali joriy etish, sohadagi ilmiy yangiliklar va amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida soha olimlari va malakali mutaxassislar tomonidan urug‘lik maydonlarini baholash tartiblari, amaliy ko‘rsatmalar, qonunchilikdagi yangiliklar va ilmiy tavsiyalar taqdim etildi. Yangiliklardan xabardor bo‘lib, qishloq xo‘jaligidagi so‘nggi ilmiy yutuqlarni kuzatib boring! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.