Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ustoz Said-Akbar Rahmonqulov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi

Ustoz Said-Akbar Rahmonqulov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan biologiya fanlari doktori, professor, Qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasi muxbir a’zosi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi Said-Akbar Rahmonqulov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan “Ekologik bioxilma-xillikni asrash va global iqlim o‘zgarishi sharoitida paxtachilikni barqaror rivojlantirishda biologiyaning ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanitantanali tadbir tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shuhrat G‘aniyevning kirish so‘zi bilan ochildi. U o‘z nutqida davlat rahbarining farmoniga muvofiq, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining G‘o‘za fiziologiyasi va biokimyosi laboratoriyasi mudiri Said-Akbar Rahmonqulov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlanganini tantanali ravishda e’lon qildi. Shundan so‘ng davlat va fan arboblari, akademiklar, olimlar hamda ustozning shogirdlari ishtirokida uning ko‘p yillik samarali faoliyati va boy ilmiy merosini yuksak e’tirof etishdi. Qayd etilganidek, Said-Akbar Rahmonqulov qariyb yetmish yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida paxta seleksiyasi, fiziologiyasi va biotexnologiyasi yo‘nalishlarida mustahkam ilmiy maktab yaratgan. Olim tomonidan 400 dan ortiq ilmiy maqola va qator monografiyalar yaratilgan. Uning rahbarligida o‘nlab fan nomzodlari va doktorlari tayyorlangan. Shuningdek, u ishtirok etgan seleksion ishlar natijasida yuqori hosildor, sermoy va sifatli tolaga ega bo‘lgan o‘nlab g‘o‘za navlari yaratilgan bo‘lib, bugun ular fermer xo‘jaliklarida samarali qo‘llanilmoqda. Tadbirda ustozning seleksiya jarayonlariga ilmiy yondashuvlarni joriy etish, ishlanmalarni amaliyotga tatbiq qilish borasidagi xizmatlari alohida ta’kidlandi. Ayniqsa, u asos solgan ilmiy maktab bugun ham izchil faoliyat yuritib, sohaning barqaror rivojiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Tadbir yakunida Said-Akbar Rahmonqulovning ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi va yoshlar uchun ibratli hayot yo‘li alohida e’tirof etildi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.