Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ustuvor vazifalar ijrosi belgilab olindi

Ustuvor vazifalar ijrosi belgilab olindi
Qishloq xo‘jaligi vaziri I.Abdurahmonov rahbarligida qishloq xo‘jaligi vazirligining tizim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va hududiy viloyat boshqarma boshliqlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda, islohotlarni chuqurlashtirish va vazirlik faoliyatini transformatsiya qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar, sohaga oid qabul qilingan Qonunlar, Prezident Farmon, Qaror va topshiriqlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi. Qayd etildiki, davlatimiz rahbari imzo chekkan har bir hujjat mohiyatini avvalo soha vakillarining o‘zlari teran anglagan holda, joylarda targ‘ib etilishi hamda bajarilishiga shaxsiy tashabbus ko‘rsatishi darkor. Ish usuli, mehnat faoliyatining asosini dehqon-fermerlar manfaatdorligini oshirishga qaratish lozim. Bunda tizimda ko‘p yillardan beri samarali faoliyat yuritib kelayotgan fidoiylarning hayotiy tajribasidan o‘rganish lozimligi ham e’tirof qilindi. Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligining lokomotivi bo‘lishi kerak bo‘lgan ilmiy muassasalar, ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyati tahlil qilindi. Bugungi kun nafasi hamda dunyoda yuz berayotgan o‘zgarishlar mazkur muassasalarni qamrab ololmayotgani qayd etildi. Olimlarimiz uyg‘oq bo‘lishi, ilmiy faoliyatni har qachongidan yuksaltirishi lozimligi bildirildi. Ishlanmalar agarda ilm-fan bilan amalga oshirilmas ekan, uning istiqboli ham mavhum bo‘lishi qayd etildi. Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda topshiriqlar ijrosi, qishloqda tadbirkorlikni rivojlantirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, mamlakat aholisini kafolatlangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. O‘z navbatida, Vazir agrar sohani yanada rivojlantirish, kelgusida qilinajak ishlar va uning yechimlari borasida ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu borada tashabbus va takliflar, konstruktiv muloqot ruhi ustivor bo‘lishi lozimligi qayd etildi. WebsiteTelegramFacebookYouTubeInstagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.