Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

"UZUM SAYLI” VA XALQARO VINOCHILIK FESTIVALI YAKUNLANDI

"UZUM SAYLI” VA XALQARO VINOCHILIK FESTIVALI YAKUNLANDI
Parkent tumanining Zarkent qishlog‘ida "Uzum sayli” va xalqaro vinochilik festivalining 2-kuni ham taassurotlarga boy bo‘ldi. Kunning birinchi qismida festival doirasida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ekspertlar tomonidan “Uzumning yangi navlari va yetishtirish texnologiyasi”, “Tok tuplari yashil qismlari bilan bog’liq ishlar”, “In-vitro sharoitida uzumning payvandtag va payvandtaglarini ko‘paytirish agrotexnologiyasi” kabi bir qator mavzularda ma’ruzalar qilindi. Festival doirasida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada 30 dan ortiq ma’ruzalar taqdim etildi, hududlar hamda vino ishlab chiqaruvchilarning pavilyonlari, vinolar degustatsiyasi, auksion, folklor jamoalar va estrada san’atkorlarining chiqishlari tashkil etildi. Shuningdek, festival doirasida o‘tkazilgan B2B formatidagi uchrashuvlar natijasida jami 35 mln AQSh dollaridan ziyod eksport shartnomalari imzolandi. Bundan tashqari, ushbu festivalda ikki kun davomida 95 ming nafar mahalliy va xorijiy mehmonlar qatnashdi. Tadbirda bir qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topilgan, shuningdek faol ishtirok etgan qatnashchilarga tashakkurnomalar va qimmatbaho sovg’alar berildi. Xususan, Toshkent viloyatining shahar va tumanlari o‘rtasida “Eng namunali pavilyon” nominatsiyasida 1-o‘rinni Yuqori Chirchiq tumani egalladi. #uzumchilik #uzum_sayli #xalqaro_konferensiya WebsiteTelegramFacebookYouTubeInstagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.