Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

"UZUM SAYLI” VA XALQARO VINOCHILIK FESTIVALIDA

"UZUM SAYLI” VA XALQARO VINOCHILIK FESTIVALIDA
B2B formatidagi uchrashuvlar natijasida jami 35 mln AQSH dollaridan ziyod eksport shartnomalari imzolandi. Ushbu festivalda 95 ming nafar mahalliy va xorijiy mehmonlar qatnashdi. Tadbirda bir qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topilgan, shuningdek faol ishtirok etgan qatnashchilarga tashakkurnomalar va qimmatbaho sovg‘alar berildi. Xususan, Toshkent viloyatining shahar va tumanlari o‘rtasida “Eng namunali pavilyon” nominatsiyasida 1-o‘rinni Yuqori Chirchiq tumani egalladi. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Bosh direktori, professor Alisher To‘rayev konferensiyadagi "Eng yaxshi ilmiy chiqish" nominatsiyasi bo‘yicha 30 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi jamoasi professor Alisher To‘rayevni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaydi. https://t.me/AKIS_milliy_markaz

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.