Uzumchilikda innovatsion texnologiyalar”

Yurtimizning bir guruh ilmiy doira vakillari tomonidan shu nomli qo‘llanma yaratildi.
Unda yangi plantatsiyalar yaratish orqali uzumning texnik (vino) navlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish, innovatsion agrotexnologiyalar, innovatsion loyiha mavzulari bo‘yicha takliflardan tashqari tokzorlarni tashkil qilish va parvarishlash bo‘yicha tartiblar ham jamlangan.
Qo'llanmaning elektron shakli bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin!
Qishloq xo‘jaligining dolzarb sohasi bo‘lgan uzumchilikni rivojlantirishga innovatsion texnologiyalarni, shu jumladan agrotexnologiyalarni keng qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan mazkur qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid bir qator Farmon va Qarorlarida belgilangan vazifalarning ijrosi sifatida tayyorlangan.
Ushbu uslubiy qo'llanma Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xo'jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamkorligida tayyorlandi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube