Vatan himoyasi muqaddas burch!

Aziz Vatan himoyachilari!
Sizlarni yurtimizda katta sharaf va ehtirom bilan nishonlanadigan 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Ushbu qutlug‘ sana mardlik, jasorat, fidoyilik va Vatanga sadoqat timsoli bo‘lib, el-yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilayotgan barcha Vatan himoyachilariga bo‘lgan cheksiz hurmat va e’tirof ifodasidir.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari mustaqil davlatimizning ishonchli tayanchi, tinchlik va barqarorlikning mustahkam kafolati sifatida tobora rivojlanib bormoqda.
Ushbu ulug‘ bayram munosabati bilan sizlarga mustahkam sog‘liq, cheksiz kuch-g‘ayrat, bardavom iroda, oilaviy farovonlik va xizmat faoliyatingizda yuksak marralarni zabt etishingizni tilaymiz.
Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi jamoasi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube