Vatan_himoyachilari_kuni

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan manaviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi
Bugun Milliy markazda Qurolli kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan manaviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Dastlab mamlakatimizning harbiy salohiyati, chegaralarimiz dahlsizligi va 32-yillik tarixda erishilgan natija hamda yutuqlar haqida videorolik namoyish etildi. Shundan so'ng Milliy markaz rahbari Shuhrat Otajonov so'zga chiqib: "El-yurt hizmatiga kamarbasta bo'lgan har bir o'g'lon- vatan himoyachisidir"-deya barchani tabrikladi va Milliy markaz huquqshunosi, iste'fodagi podpolkovnik Otabek Fayziyevni vatan himoyasi yo'lida qilgan xizmatlari uchun "Tashakkurnoma" bilan taqdirladi.
Otabek Fayziyev O'zbekiston Armiyasi uning bugungi salohiyati, oʼzining xizmatdagi esdaliklari, ibratli voqealar, oʼzbek oʼgʼlonlarining mardlik va jasurligi haqidagi xotiralari bilan oʼrtoqlashdi.
Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI