Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Vatan_himoyachilari_kuni

Vatan_himoyachilari_kuni
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan manaviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi Bugun Milliy markazda Qurolli kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan manaviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Milliy markaz rahbari Shuhrat Otajonov so'zga chiqib: "El-yurt xizmatiga kamarbasta bo'lgan har bir o'g'lon- vatan himoyachisidir"-deya barchani tabrikladi. Shundan so'ng, Milliy markaz bosh yuristkonsulti, iste'fodagi podpolkovnik Otabek Fayziyev mamlakatimizning harbiy salohiyati, chegaralarimiz dahlsizligi va 33-yillik tarixda erishilgan natija hamda yutuqlar haqida so'zladi. Otabek Fayziyev O'zbekiston Armiyasi uning bugungi salohiyati, oʼzining xizmatdagi esdaliklari, ibratli voqealar, oʼzbek oʼgʼlonlarining mardlik va jasurligi haqidagi xotiralari bilan oʼrtoqlashdi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.