Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Vatanga muhabbat — tinchlik va taraqqiyot garovi

Vatanga muhabbat — tinchlik va taraqqiyot garovi
Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi munosabati bilan “Milliy armiya-Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida Vatanga muhabbat, yurt tinchligiga daxldorlik hissi, har bir inson o‘z ona zaminini, tug‘ilib o‘sgan tuprog‘ini ko‘z qorachig‘idek asrashi lozimligi haqida so‘z yuritildi. Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Jangovar tayyorgarlik sikli boshlig‘i, podpolkovnik Aziz Alijonov mehmon sifatida taklif etildi. Mehmon o‘z nutqida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, fuqarolik mas’uliyatini his etish, qonunga hurmat va tinchlikni qadrlash har bir inson uchun muhim ekanini ta’kidladi. Tadbir jonli va munozaralarga boy ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mehmon tomonidan atroflicha va asosli javoblar oldilar. Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tib, barcha qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.