Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Vazir va yoshlar uchrashuvi

Vazir va yoshlar uchrashuvi
Jamiyatning eng katta taʼsirchan kuchi sifatida bugun yurtimiz yoshlari davlatimizda olib borilayotgan keng islohotlar jarayonida faol ishtirok eshitmoqda, vatanimiz taraqqiyotini taʼminlash yoʻlida oʻz gʻoya va takliflari bilan maydonga chiqmoqda. Jumladan, “Mahalladan vazirlikkacha” tizimida vazirliklar va ularning hududiy boʻlinmalariga 5 toifadagi tarbiyasi ogʻir boʻlgan jami 18 908 nafar yoshlar biriktirilgan boʻlib, Qishloq xoʻjaligi vazirligi yordami bilan ularning 40 nafari hayotda oʻz yoʻllarini topishga harakat qilmoqda. Xususan, bugun Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent Xalqaro Qishloq xo‘jaligi universiteti faollar zalida vazirlikka biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi. Yosh avlodning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish va bandligini taʼminlash, kasb-hunarga oʻrgatish va ish bilan taʼminlash, ularga eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, qoʻllab-quvvatlash, borasidagi amaliy ishlarning navbatdagisi samimiy muloqot tarzida kechdi. Amaliy muloqotlarning yakunida yoshlarga esdalik sovgʻalari taqdim etildi. Yoshlar ularga berilayotgan eʼtibordan mamnun ekanligi, oʻz hayot yoʻlini topishi, biznes-rejalarini amalga oshirishdagi koʻmakdan xursand ekanliklarini eʼtirof etishdi. Albatta, yoshlar vatanimizning ertangi umidlari, kelajagimiz davomchilaridir. Shu maʼnoda ularning orzu-intilishlari va hayotiy maqsadlarini amalga oshirish, mustahkam qanot boʻlish bugungi kundagi katta va hayotiy maqsadga aylanmogʻi lozim. Mazkur tashrif bu borada muhim amaliy qadam boʻlib xizmat qilishi, shubhasiz. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.