Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Vazir_tavsiyasi_1

Vazir_tavsiyasi_1
Yuqori hosildorlik sari: paxtachilikning 8 muhim qonuni Bugungi zamonaviy paxtachilikda yuqori hosil olishning siri nimada? Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov tomonidan paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishishning 8 ta asosiy qonuni ishlab chiqilgan. Mazkur qonunlar ilmiy tajriba va amaliy kuzatuvlarga asoslanib, bugungi paxtachilikning eng muhim mezonlari sifatida tavsiya etilmoqda. Bugundan boshlab ushbu tavsiyalar asosida maxsus video turkumini boshlaymiz. Unda vazir, akademik Ibrohim Abdurahmonov paxtadan yuqori hosil olish uchun muhim va amaliy tavsiyalarini bosqichma-bosqich taqdim etadi. 1-qonun – ko‘chat qalinligi. Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning ta’kidlashicha, yuqori hosil olish uchun har bir gektarda kamida 200 ming tup g‘o‘za bo‘lishi shart. Ko‘chat siyrak bo‘lsa, maydondan to‘liq foydalanilmaydi va hosildorlik pasayadi. Me’yoriy qalinlik esa har bir g‘o‘zaning to‘liq rivojlanishi, yorug‘lik va oziqa moddalardan samarali foydalanishi hamda yuqori hosil shakllanishi uchun mustahkam zamin yaratadi. Batafsil — videoda. Keyingi videolarimizda paxtachilikning qolgan 7 ta muhim qonuni bilan ham tanishasiz. Ularni o’tkazib yubormaslik uchun sahifamizni kuzatib boring. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.