Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

VazirdanTavsiya

VazirdanTavsiya
Etefon – yuqori hosil garovi Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov paxtachilik bilan shug‘ullanayotgan fermer va dehqonlarga muhim tavsiya berdi. Vazir ta'kidlashicha, 1-avgust kuni Etefon qo‘llash paxtaning o‘z vaqtida pishishi va hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega. “Paxta ichida katta bo‘lganman. Menga quloq soling. 1-avgust kuni albatta Etefon seping. Etefon — bu defoliatsiya emas, balki qarish gormoni. U o‘simlikka mavsum yakunlanayotganini bildiradi va barcha oziqa moddalarini ko‘sakka yo‘naltiradi.” Tavsiyasiga ko‘ra: 1-avgustda Etefon qo‘llash; 12 kundan so‘ng defoliatsiya qilish; Defoliatsiyani ikki bosqichda amalga oshirish; Yakunda desikatsiya orqali paxtani terimga tayyorlash tavsiya etiladi. Mazkur agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish paxtaning tezroq pishishiga, ko‘saklarning to‘liq rivojlanishiga hamda hosildorlikning sezilarli oshishiga xizmat qiladi. Respublika agroxizmatlari markazining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! WEB |Telegram Instagram Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.