Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

VENGRIYADA YIRIK PARRANDA GO‘SHTI ISHLAB CHIQARUVCHILARDAN BIRI BILAN MUZOKARALAR O‘TKAZILDI: HAMKORLIKDAGI LOYIHA REJALASHTIRILMOQDA

VENGRIYADA YIRIK PARRANDA GO‘SHTI ISHLAB CHIQARUVCHILARDAN BIRI BILAN MUZOKARALAR O‘TKAZILDI: HAMKORLIKDAGI LOYIHA REJALASHTIRILMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov hukumat delegatsiyasi tarkibida Vengriyaga tashrifi doirasida qishloq xo‘jaligi, shuningdek, agrar ilm, ta’lim va xizmatlar sohalarida O‘zbekiston-Vengriya hamkorligini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvlarni o‘tkazmoqda. Shu tariqa, vazir Voitov Vengriyadagi eng yirik tovuq go‘shti ishlab chiqarish korxonalaridan biri “Master Good Kft.” rahbari Lazlo Baranyi bilan muzokaralar o‘tkazdi va mazkur korxonaning ishlab chiqarish majmuasiga tashrif buyurdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekistonda parrandachilik korxonasini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishdilar. Shuningdek, 6 nafar o‘zbekistonlik talabaning kompaniya tuzilmalarida kasbiy amaliyot o‘tash imkoniyatlari muhokama qilindi. BATAFSIL: AGRO.UZ Bundan biroz avvalroq Aziz Voitov Vengriyada mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Shandor Farkash hamda Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti (MATE) rektori Chaba Dyurich bilan ham muzokaralar o‘tkazgan edi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.