Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

VIII Toshkent xalqaro marafoni yuqori saviyada o‘tkazildi

VIII Toshkent xalqaro marafoni yuqori saviyada o‘tkazildi
Bugun erta tongdan poytaxtimizda o‘tkazilgan VIII Toshkent xalqaro marafoni sport bayrami ruhida, ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi. Musobaqa ishtirokchilari va mehmonlar Humo Arena majmuasi oldidagi maydonda jam bo‘lishdi. Mazkur nufuzli sport tadbirida Milliy markaz va tizim tashkilotlarining yosh izlanuvchilari ham faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Tadbirning tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqan rasmiylar marafonning nufuzi yil sayin ortib borayotgani, unda ishtirok etuvchilar safi kengayib, xalqaro miqyosdagi sport tadbiriga aylanib borayotganini alohida ta’kidlashdi. Shuningdek, bunday ommaviy sport musobaqalari aholining jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda yoshlarni sportga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Marafon davomida ishtirokchilar turli masofalarda bellashib, o‘z kuch va imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, unda sportsevar yurtdoshlarimiz bilan bir qatorda xorijiy mehmonlar ham faol qatnashdi. VIII Toshkent xalqaro marafoni yurtimizda sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.