Xabar berganimizdek, Milliy markazda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi 2024-yilda erishgan natijalari yuzasidan hisoboti tinglandi.

Ochig‘i, hisobot yig‘ilishi tanqidiy ruhda otdi. Hisobotda aks ettirilgan ma’lumot va faktlarning ayrimlarida chalkashliklar mavjudligi tanqid qilindi. Ilmiy, moliyaviy, kadrlar borasidagi va ishlab chiqarish sohalaridagi kamchilik va yechimini kutayotgan masalalar muhokamalar markazida bo‘ldi.
Milliy markazning tegishli bo‘limlari rahbar va mutaxassislari tomonidan hisobotda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.
Yig‘ilishga raislik qiluvchi Milliy markaz direktori o‘rinbosari Bunyod Mamarahimov hisobotni qaytadan puxta holda tayyorlash va uni munosib tarzda himoya qilishga tayyorgarlik ko‘rishi lozimligini ta’kidladi.
Ta’kidlash lozimki, Milliy markazda bundan oldin o‘tgan ilmiy muassasalarning hisobotlari ham ta’bir joiz bo‘lsa "xom" tayyorlanganligi uchun qabul qilinmagandi. Ushbu holatdan hisobot yig‘ilishiga hozirlik ko‘rayotgan ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari xulosa chiqarishlari lozim.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube