Xabar berganimizdek, Xalqaro "Uzum sayli" festivali doirasida "O‘zbekistonda uzumchilik: innovatsion yondashuv va agrotexnologiyalarni qo‘llashning zamonaviy usullari" mavzusidagi ilmiy-amaliy…

konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Konferensiyada mahalliy hamda xorijiy ekspert hamda mutaxassislar bir qator mavzularda, xususan "O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida uzumchilik tarmog‘ining o‘rni, organik mahsulot yetishtirish tamoyillari", "O‘zbekiston qishloq turizmini rivojlantirish bo‘yicha 10 qadam", "Uzumni terib olish va saqlash jarayoniga ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish" va bir qator mavzularda ma’ruza qilishdi.
Aytish kerak, uzumchilikni rivojlantirishda mavjud imkoniyat va resurslardan samarali foydalanish, ichki bozorni to‘ldirish va eksport salohiyatini yuksaltirish keyingi yillarda tarmoqda islohotlar va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishning muhim omili bo‘lib hisoblanishi konferensiya davomida ekspertlar tomonidan aytib o‘tildi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram