Xabar berib borayotganimizdek, Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida “Global iqlim sharoitiga chidamli, yuqori hosil beradigan yangi boshoqli, dukkakli don, moyli va yem-xashak ekinlarni…

parvarishlashda yangi texnologiyalarni qo'llash istiqbollari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tmoqda.
Anjuman doirasida qatnashchilar institutning urug‘ saralash markazida bo'ldilar.
Bu yerda urug‘lik saralash sexi, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda ishlatiladigan resurs-tejamkor, innovatsion agrotexnika vositalari bilan tanishildi. Shuningdek, yangi “in-vitro” laboratoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Uni Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov ochib berdi. Laboratoriyada boshoqli, dukkakli va moyli ekinlarning yangi navlarini yaratishda seleksiyaning so‘ngi yutuqlaridan foydalaniladi.
Laboratoriyada turkiyalik mutaxassislar Dr Ayshe Nuran Cil hamda Ali Musa Bo‘zdo‘g‘an tomonidan kungaboqar, soya va yeryong‘oqning xorijiy duragaylari sinovlari o‘tkaziladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEBTelegram Instagram | Facebook |▶ Youtube