Xabar berib borayotganimizdek, Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov boshchiligidagi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi shu kunlarda amaliy tashrif bilan Vetnam poytaxti Xanoy shahrida…

bo‘lib turibdi.
Delegatsiya a’zolarining bugungi kuni natijalarga boy bo‘ldi. Kun davomida Vetnam Qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasi va Vetnam Qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari vazirligida uchrashuvlar o‘tkazilib, agrar sohani rivojalantirishda hamkorlik yuzasidan memorandumlar imzolanib, kelishuvlarga erishildi.
Unga ko‘ra, kelgusida sabzavotchilik yo‘nalishida O‘zbekistonning turli tuproq-iqlim mintaqalarida ekologik sinovlarni o‘tkazish uchun Vetnam bog‘dorchilik ilmiy-tadqiqot institutidan pomidorning 15 ta istiqbolli navi (germplazmasi), 23 ta shirin qalampir va 27 ta achchiq qalampir olindi.
Shuningdek, O‘zbekiston uchun noa’anaviy ekin turlari bo‘lgan Vetnamda yetishtirladigan bir qancha ekin turlari O‘zbekistonda iqlimlashtiriladi.
Bundan tashqari, hamkorlikda sholining serhosil va sifatli navlari urug‘ini yetishtirishni tashkil etish masalasi kelishib olinib, joriy yilda bu boradagi ishlar tashkil etiladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube