Xabar berib borayotganimizdek, poytaxtimizda “VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasi" bo’lib o’tyapti. Aytish kerakki, bugungi plenar sessiyadagi taqdimotlar judayam qiziqarli bo’ldi.

Ayni damda esa ishtirokchilar seksiyalarga bo’lingan holda panel sessiyalarini otkazyapti. Panel sessiyalarda ham paxtachilikdagi echimini kutayotgan dolzarb mavzularda munozaralar bo’lyapti.
Jumladan, Paxta seleksiyasi, urug’chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti bo’lim boshlig’i, professor Shuhrat Qo’ziboev paxtachilikda urug’chilikni takomillashtirish mavzusida ma’ruza qildi. Va ushbu yonalishdagi ishlar judayam dolzarb ejanligini ta’kidladi.
Ma’ruzada keltirilgan faktlar yuzasidan sessiya ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga taqdimotchidan batafsil javob olmoqda. Ta’kidlash lozimki, panel sessiyalarda qiziqarli va dolzarb mavzular muhokama qilinmoqda.
⌛ Konferensiya tafsilotlarini bizda kuzatib boring.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEBTelegram Instagram | Facebook |Youtube