Xabaringiz bor, bu yil mamlakatimizning ma’lum paxta maydonlariga xorijiy chigit urug‘i qadaldi. Bugun ushbu chigit unib, baravj rivojda. Ushbu navlar istiqbolli hisoblanmoqda va unga umidlar katta.

ℹG‘o‘zaning xorijiy navlari bilan birgalikda esa g‘o‘za maydonlarida bajariladigan agrotexnik tadbirlarning xorijiy uslublari ham amaliyotga joriy etilmoqda.
Fikrimizning dalili sifatida Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Baxtiyor Ne’matjon Shavkatjon” fermer xo‘jaligini misol keltirishimiz mumkin.
Bu yerda g‘o‘za Xitoy texnologiyasi asosida 76 sxemada qo‘shqator qilib ekilgan. Bu usulda paxta ekishning asosiy afzalliklari shundaki, yer maydoni tejaladi, qolaversa, g‘o‘zalar shoxlab ketmaydi. Asosiy kuch hosilga berilishi hisobiga hosildorlik yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Eng asosiysi bu texnologiyada, g‘o‘za plyonka ostiga ekilganligi hamda tomchilatib sug‘orilishi tufayli suvni tejash imkoniyatini berib, foydali haroratni ko‘proq yetkazib beradi.
Bugungi kunda ushbu g‘o‘za ko‘chatlarida 7-8 tadan hosil shonalari paydo bo‘lgan.
Shuningdek, hozirgi kunda dalada g‘o‘za o‘sishini boshqarish bo‘yicha “Entajan” sepish agrotexnik tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori, akademik Shadman Namazov batafsil ma’lumotlar bergan.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram