Xabaringiz bor, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov shu kunlarda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida bo‘lib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi bilan yaqindan tanishmoqda.

Vazir Ibrohim Abdurahmonovning bugungi kun tartibidan andijonlik mirishkorlar bilan uchrashish, dehqon va fermerlar bilan muloqot qilish hamda viloyatda paravarish qilinayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining holatini o‘rganish o‘rin olgan.
Tashrifning ilk manzili Bo‘ston tumanidagi “Bo‘z ipak yo‘li” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Mazkur xo‘jalikdagi jami yer maydoni 118,79 gektarni tashkil etadi. Mavjud yer maydonining 37,1 gektariga paxta, 69,4 gektariga g‘alla va 12,29 gektariga soya ekilgan. Ayni paytda vazir boshchiligidagi delegatsiya soya parvarish qilinayotgan maydonni ko‘zdan kechirmoqda.
⌛Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Andijon viloyatiga amalga oshirayotgan tashrifida vazirlik huzuridagi Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov hamrohlik qilmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube