Xabaringiz bor, Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyati fermerlari va boshqa qishloq xo‘jaligi vakillari delegatsiyasi agrar soha ilmida amalga oshirilayotgan yangiliklar va tajribalarni…

almashish maqsadida yurtimizda bo'lib turibdi.
Tashrif doirasida delegatsiya a'zolari Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati va institutda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar bilan yaqindan tanishdilar.
Xususan, institut seleksion yutuqlari bo‘lgan mosh, kunjut va kungaboqar kabi ekin navlarini hosildorligi, biologik-xo‘jalik xususiyatlari hamda mahalliy ishlab chiqarish uchun istiqbolliligini baholash va institut olimlari tomonidan yaratilgan yangi qishloq xo‘jaligi ekin navlarini Turkiston viloyati iqlim sharoitida o‘rganish va ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ikki tomonlama muhim kelishuvga erishildi.
Bu hamkorlik nafaqat navlarni sinash, balki O‘zbekiston seleksiyasi mahsuli bo‘lgan navlarning xalqaro miqyosdagi amaliy qiymatini tasdiqlash, ularni mintaqaviy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy etish va agrar sohada ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish nuqtayi nazaridan ham katta ahamiyatga ega.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube