Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xalqaro forumda Italiyaning CREA rahbariyati bilan muzokaralar

Xalqaro forumda Italiyaning CREA rahbariyati bilan muzokaralar
Forum qizg‘in va mazmunli muhokamalar ruhida o‘tmoqda. Unda qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb masalalar, ularning yechimlari muhokamalar markazida bo‘lib turibdi. Ayniqsa, tadbir turli uchrashuvlarga boy bo‘lmoqda. Shunday uchrashuvlardan biri Italiyaning CREA tashkiloti prezidenti, professor Andrea Rocchi hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori o‘rinbosarlari Oybek Omonov va Akmal To‘lanovlar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda asosiy e’tibor tuproq sho‘rlanishining oldini olish, sho‘r va qurg‘oqchilikka chidamli ekin navlarini yaratish, shuningdek qattiq bug‘doy navlari seleksiyasida hamkorlik qilish masalalariga qaratildi. Tomonlar ushbu yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish, innovatsion yechimlarni amaliyotga joriy etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdi. Uchrashuv yakunida hamkorlikni izchil davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.