XALQARO HAMKORLIK

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti va Xitoyning “Nanjing Institute of Agricultural Mechanization” instituti o‘rtasida hamkorlik qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazildi (ZOOM platformasi orqali).
Hamkorlik memorandumini imzolash, institut yosh olimlarini malakasini oshirish yuzasidan almashinuv dasturini ishlab chiqish, institut ilmiy xodimlari tomonidan yozilgan ilmiy maqolalarni “Scopus” va “Web of science” bazasida indeksatsiyalanadigan jurnallarda chop etish hamda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Muzokara davomida dunyo miqyosida global muammoga aylanayotgan iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda innovatsion usullarni qo‘llash mavzusida o‘zaro fikrlar almashildi va yangicha innovatsion takliflar keltirilib o‘tildi.
Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI