Xalqaro hamkorlik

Xitoy texnologiyasi asosida qo‘ziqorin mahsuloti yetishtirish imkoniyatlari muhokama qilindi
Qo‘ziqorin immunitetni mustahkamlashga yordam beradi, mutaxassislar qo‘ziqorinlarni ortiqcha tana vazniga ega bo‘lgan odamlarning rasioniga kiritishni tavsiya qiladilar. Chunki qo‘ziqorindan tayyorlangan taomlar juda to‘yimli bo‘ladi va ochlikni tez qondiradi.
O‘zbekistonda qo‘ziqorin yetishtirish istiqbollari Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida O‘zbekiston-Xitoy madaniyat markazi bilan hamkorlik doirasida Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya ishtirokida muhokama qilindi.
Delegatsiya tarkibidagi Xitoy kompaniyasi vakili, qo‘ziqorinchilik bo‘yicha tajribali mutaxassis Zhan Li Xunning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda qo‘ziqorining Xitoy texnologiyasi asosida yetishtirishning keng imkoniyatlari mavjud, eng asosiysi bu ishni amalga oshirishga Xitoylik investorlar xam tayyor.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz/3909