Xalqaro hamkorlik doirasida agrotexnologik monitoring ishlari amalga oshirildi

Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba xoʻjaligida Xitoydan keltirilgan MG-26 gʻoʻza navining oʻsish va rivojlanish holatini oʻrganish, shuningdek, agrotexnik tadbirlarning bajarilish sifatini baholash maqsadida xitoylik mutaxassis ishtirokida dala monitoringi oʻtkazildi.
Tashrif davomida institutning 20 gektar tajriba maydonida parvarishlanayotgan MG-26 navining vegetatsiya jarayoni, koʻchat qalinligi, fenologik rivojlanish koʻrsatkichlari hamda agrotexnik tadbirlarning amaldagi holati batafsil tahlil qilindi. Kuzatuvlar asosida navning mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga moslashuv darajasi va hosildorlik salohiyatiga oid dastlabki xulosalar yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur tashrif Qoraqalpogʻiston sharoitida xorijiy seleksiya yutuqlarini ilmiy asosda sinovdan oʻtkazish, ilgʻor agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish hamda paxtachilik sohasida xalqaro ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yoʻlidagi
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube