Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim uchrashuv!

Xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim uchrashuv!
Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti direktori Rustam Nizomov "Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi" (JICA) tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Institut faoliyati, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan zamonaviy loyihalar haqida mehmonlarga batafsil ma’lumot berildi. Uchrashuv davomida JICA tomonidan amalga oshirilayotgan malaka oshirish dasturlari, mutaxassislarni xorijiy davlatlarda o‘qitish va tajriba almashish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda institut bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. Yakunda tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki tomonlama turli yo‘nalishlarda "Katalog" lar yaratish yaponiyalik professorlarni malaka oshirish kurslariga jalb qilish orqali ularning tajribalarini mutaxassislarimizga o‘rgatish, hamkorlikda qisqa muddatli treninglar tashkil etish hamda bir qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.