XALQARO HAMKORLIK

Joriy yilning 7-avgust kuni Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati tomonidan ESCAP-CSAM vakillari Marco Silvestri hamda Nanjing qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti rahbarining o‘rinbosari Qiang Li bilan ZOOM platformasi orqali muloqot tashkil qilindi.
Muzokara davomida texnologik jarayonlarni raqamlashtirish, xalqaro tashkilotlar tomonidan e’lon qilinayotgan loyihalarda birgalikda ishtirok etish, xodimlarimiz tomonidan yozilgan ilmiy maqolalarni “Scopus” va “Web of science” bazasida indeksatsiyalanadigan jurnallarda chop etish, xalqaro miqiyosidagi anjuman va seminar-treninglarda muntazam qatnashish masalalari yuzasidan ikki tomonlama memorandum imzolashga kelishib olindi.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube