Xalqaro hamkorlik—amaliy jarayonlar

Xabaringiz bor, “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda Rossiya Federatsiyasining “SIBUR Holding” AJ o‘rtasida hamkorlik kelishuvlari amalga oshirilgan edi.
Bugun ushbu hamkorlikning ilk qadamlari Milliy markaz binosida o‘z ifodasini topdi. Xususan, tomonlar ishtirokida “Sholi yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatini Qishloq xo‘jaligi vazirligining mas’ul xodimi Nursulton Qayupov ochib berdi. U o‘z kirish so‘zida mazkur hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, kutilayotgan natijalar hamda sohada xalqaro tajriba almashuvining muhim jihatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng Milliy markaz tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Abdulla Mansurov so‘zga chiqib, respublikada sholichilik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar, erishilayotgan natijalar hamda xorijiy hamkorlar bilan olib borilayotgan qo‘shma loyihalar yuzasidan ishtirokchilarga batafsil ma'lumot berdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube