Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xalqaro hamkorlikdagi agrivoltaika loyihasiga start berildi

Xalqaro hamkorlikdagi agrivoltaika loyihasiga start berildi
Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida xalqaro hamkorlikdagi yangi agrivoltaika loyihasiga start berildi. Mazkur loyiha Fransiyaning Voltalia kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Uning umumiy qiymati 1 million AQSH dollarini tashkil qiladi. Tashabbus qishloq xo‘jaligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini uyg‘unlashtirish, ilm-fan hamda innovatsiyalarni amaliyotga joriy etishga qaratilgan. Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Akmal Qosimov, shuningdek, Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ualid Fuk ishtirok etdi. Tadbir davomida Voltalia kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Carole Ponte so‘zga chiqib, loyihaning ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. Uning ta’kidlashicha, ushbu tashabbus nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyo mintaqasida ham pilot loyihalardan biri hisoblanadi. Shuningdek, Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar izchil rivojlanib borayotganini qayd etib, ushbu loyiha O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi hamda yashil energiya yo‘nalishidagi eng istiqbolli hamkorlik loyihalaridan biri ekanini ta’kidladi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.