Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xalqaro investitsiya forumi: agrar sohada yangi hamkorlik ufqlari

Xalqaro investitsiya forumi: agrar sohada yangi hamkorlik ufqlari
Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov xalqaro kompaniyalar vakillari bilan agrar sohadagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Jumladan, AQShning jahonga mashhur John Deere kompaniyasi rahbariyati vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb etish va zamonaviy texnika vositalaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida mamlakatimiz agrar tarmog‘ini texnik jihatdan modernizatsiya qilish, innovatsion yechimlarni joriy etish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi. Ayni paytda O‘zbekistonda John Deere texnikalari paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik hamda agroklasterlar faoliyatida keng qo‘llanilmoqda. Kompaniya Markaziy Osiyodagi ishtirokini kengaytirish, raqamli xizmatlar va texnik servis tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, forum doirasida Alisher Shukurov dunyodagi eng yirik parrandachilik genetikasi va naslchilik kompaniyalaridan biri bo‘lgan Aviagen vakili bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur kompaniya parrandachilik sohasida genetika va seleksiya yo‘nalishida faoliyat yuritib, dunyo bo‘ylab 100 dan ortiq mamlakatda yuqori mahsuldor broyler tovuqlari nasllarini yaratish, genetik seleksiya dasturlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Shu bilan birga, kompaniya parranda genetikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borib, tez o‘suvchi, ozuqadan samarali foydalanuvchi va kasalliklarga chidamli parranda nasllarini yaratishga katta e’tibor qaratadi. Muzokaralar chog‘ida mamlakatimizda parrandachilik tarmog‘ini rivojlantirish, genetik salohiyatni oshirish, zamonaviy texnologiyalar va ilmiy yondashuvlarni joriy etish istiqbollari muhokama qilindi. Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar O‘zbekiston agrar sohasiga zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or tajriba va yirik xalqaro investitsiyalarni jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.