Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xalqaro konferensiya

Xalqaro konferensiya
Ayni daqiqalarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida "Iqlimning davom etayotgan o‘zgarishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligiga erishish uchun agrobiologik xilma-xillikni o‘rganish, saqlash va barqaror foydalanish muammolari" mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Anjumanda senatorlar, deputatlar, mamlakatimiz agrar sohasi olimlari bilan bir qatorda Xitoy, Hindiston, Vengriya, Polsha, Ozarbayjon va Qozog‘istondan ham soha olimlari ishtirok etmoqda. Anjumanni O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Safar Aliqulov kirish so‘zi bilan ochdi. Shundan so‘ng Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari-ijrochi direktor, professor Shuhrat Teshayev anjuman ishtirokchilarini qutlab, muhokama markaziga olib chiqilgan mavzuning naqadar muhim ahamiyat kasb etishi haqida to‘xtaldi. Anjuman davom etyapti.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.