Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

XALQARO KONFERENSIYA O‘Z ISHINI BOSHLADI

XALQARO KONFERENSIYA O‘Z ISHINI BOSHLADI
Toshkent viloyatining Parkent tumani Zarkent qishlog‘ida nufuzli tadbir — "Uzum sayli va xalqaro vinochilik festivali" bo‘lib o‘tmoqda.Ushbu festival Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi “2023-2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-260-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning 15-16-sentyabr kunlari o‘tkazilmoqda. Ayni damda festival doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi. Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Toshkent viloyati Parkent tumani hokimi Shohrux Shoahmedov mehmonlarni tadbirdagi ishtiroki bilan qutlar ekan, tumanning uzum yetishtirish imkoniyatlari haqida to‘xtalib, jumladan shunday dedi: “Birgina Parkent tumanida yiliga 100 ming tonnadan ziyod uzum yetishtiriladi. Ayni paytda tumandagi 794 nafar fermer va qishloq xojaligi korxonalariga jami 11,5 ming gektar, shundan 7,1 ming gektar hosilli hamda 4,4 ming gektar yosh tokzorlar biriktirilgan.Ushbu tokzorlarning 1,9 ming gektari xo‘raki, 4,2 ming gektari vinobop va 5,5 ming gektari mayizbop navlardan iborat”. #uzumchilik #xalqaro_konferensiya WebsiteTelegramFacebookYouTubeInstagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.