Xalqaro konferensiyaga taklif etamiz!

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida "Zamonaviy ilm-fan yutuqlari, genom va suv tejovchi texnologiyalar, yetishtirish agrotexnologiyalari, o‘simliklar seleksiyasi va urug‘chilik orqali global iqlim o‘zgarishlariga moslashishning dolzarb muommolari va ularning yechimlari" mavzusida joriy yilning 15–16-may kunlari xalqaro anjuman boʻlib oʻtadi.
Anjumaning asosiy yoʻnalishlari,
Biotexnologiya, gen injeneriya va seleksiya,
Iqlimga mos agrotexnologiyalar,
Organik dehqonchilik va o‘simliklarni himoya qilishdan iborat.
Forumning maqolalar toʻplami uchun ilmiy materiallar 2026-yil 5-may sanasiga qadar s.dilmurodov@mail.ru elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi!
Eng yaxshi maqolalar konferensiya to‘plamida chop etiladi.
Olimlar, tadqiqotchilar, talabalar va fermerlar barchangizni forumda kutib qolamiz!
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti
Sayt Telegram Youtube Instagram Facebook