Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xalqaro loyiha doirasida amaliy trening tashkil etildi

Xalqaro loyiha doirasida amaliy trening tashkil etildi
Bugun akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida Xalqaro Savdo Markazi (ITC) tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida amaliy trening o‘tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilar quritilgan o‘rik, olxo‘ri va uzumni qayta ishlash texnologiyalari, mahsulot sifatini nazorat qilish hamda oziq-ovqat xavfsizligi talablari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Trening Toshkent davlat agrar universiteti vakili, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Musurmon Ochilov tomonidan Xalqaro Savdo Markazi metodologiyasi asosida olib borildi. Tadbir yakunida eksportbop mahsulot tayyorlash, zamonaviy qayta ishlash jarayonlarini joriy etish hamda xalqaro bozor talablariga mos ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bizni kuzatishda davom eting! WEB SAYT TELEGRAM INSTAGRAM FACEBOOK YOUTUBE

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.