Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

"Xalqaro loyihalarni tayyorlash talablari" haqida master- klass

"Xalqaro loyihalarni tayyorlash talablari" haqida master- klass
Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va tizimdagi Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamkorligida “Xalqaro ilmiy loyihalarni shakllantirish va ishlab chiqarishga tatbiq qilish” mavzusida tashkil etilgan o‘quv dasturlari davom etmoqda. 36 soatga mo‘ljallangan kurs davomida Milliy markaz tizimidagi ilmiy muassasalardan taklif qilingan tinglovchilar xalqaro grantlar uchun loyiha yozish, loyiha rejasini aniq va tartibli tuzish, o‘z loyihasini ekspertlar oldida ishonch bilan himoya qilish hamda ilmiy g‘oyani startap yoki kichik biznesga aylantirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. E’tirof etish kerakki, mashg‘ulotlar jonli va muloqot tarzida olib borilmoqda. Tashkil etilgan o‘quv dasturi davomida xalqaro tashkilot vakillari tomonidan tinglovchilarga xalqaro grantlarni yutishda e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan jihatlar amaliy faktlar asosida tushuntirilmoqda. Ana shunday qiziqarli mashg‘ulotlardan biri bugun BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi loyiha koordinatori, professor Aziz Nurbekov tomonidan olib borildi. U tinglovchilarga "Xalqaro loyihalarni tayyorlash tartibi hamda qo‘yiladigan talablar" mavzusida taqdimot o‘tkazdi. Tinglovchilar professor Aziz Nurbekovdan FAO tomonidan e’lon qilinadigan xalqaro loyihalar va ularning natijalari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot oldilar. O‘quv kursi davomida tinglovchilarga xalqaro tashkilotlar vakillarining mashg‘ulotlar o‘tkazishi ko‘zlangan natijaga erishishga xizmat qilishi shubhasiz. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.