Xalqaro paxta bo‘yicha maslahat qo‘mitasining (ICAC) 82-yalpi majlisi hamda Xalqaro paxta genomi tashabbusi (ICGI) tadbirlari yakuni sifatida ”Cotton Outlook“ xalqaro jurnalida qishloq xo‘jaligi…

vaziri Ibrohim Abdurahmonovning "O‘simliklarning fitoxrom genlar oilasining paxta tolasi rivojlanishidagi ishtiroki" mavzusidagi maqolasi chop etildi.
Unda tola sifati yaxshilangan g‘o‘zaning innovatsion navlarini yaratish, ilk bor tola uzunligi va pishiqligi bilan bog‘liq PHYA1 geni klonlangani, natijasi o‘laroq tola ko‘rsatkichlari yaxshilangani, stresslarga chidamli va hosildorligi yuqori bo‘lgan o‘simliklar olingani, bu esa paxta sanoati uchun sezilarli o’zgarishlar bo’lishiga olib kelishi haqida so’z yuritilgan.
Maqola bilan ushbu havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram