Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb
Yangiliklar

“Xalqaro talabalar kuni” — ilm, ijod va hosil bir makonda!

“Xalqaro talabalar kuni” — ilm, ijod va hosil bir makonda!

Bugun, 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni. Shu munosabat bilan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida an’anaviy “Hosil bayrami” bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu yorqin va ijodiy tadbirda "O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti" doktorantlari ham institut olimlarining ilmiy ishlanmalari, istiqbolli nav namunalari va zamonaviy seleksiya yondashuvlari bilan munosib ishtirok etmoqda.

Institut stendida talabalar va mehmonlar:
– mevali va sabzavot ekinlarining genetik xilma-xilligini;
– iqlimga moslashtirilgan navlar imkoniyatlarini;
– innovatsion seleksiya va genetik resurslarni boshqarish bo‘yicha yangi ishlanmalarni ko‘rishlari, shuningdek mutaxassislar bilan bevosita suhbatlashishlari mumkin.

Talabalar uchun bu — nafaqat bayram, balki ilm va amaliyotning bir sahifada uchrashgan lahzasi. Hosil mo’l va rang-barang, bilim esa cheksiz!

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.